Alisher Navoiy korpusi

563

Kecha el osudadur, ko'nglum birav qayg'usida,

Ulki, men qayg'usida, osuda noz uyqusida.

O'lturub tun, subh tirguzmak meni zohirdurur,

Shomning giryonlig'iyu subhning kulgusida.

Ohkim, bu shomi hijronimg'a yo'q subhi visol,

Garchi yo'q shomeki, yo'q subhi aning o'trusida.

Uyquda orom yo'q tun-kunki, aksin topmadim,

Tun qamar mir'otida, kunduz quyosh ko'zgusida.

Mehr yog'dusida zarra bo'lmag'andek oshkor,

Yuz tuman ming mehr pinhondur yuzung yog'dusida.

Kimsa chun o'tkanga yetmas, holni tut mug'tanam,

Umrni o'tkarma, o'tkan hayf ila afsusda.

Na'l kesmaydur Navoiy qullug'idindur nishon,

Ishq aynidur alomat yorning belgusida.

  • Semantik izoh: