Alisher Navoiy korpusi

564

Ey xush ulkim, gohi-gohi yetsa yori qoshig'a,

Ul muyassar bo'lmasa, evrulsa ko'yi boshig'a.

Ishq bemorig'a ham sharbat yasabtur, ham g'izo,

Hajr aro qo'shqan bag'ir pargolasin qon yoshig'a.

Bir sarimo' anda qolmaydur salomatdin nishon,

To sinuq boshim nishon bo'lmish malomat toshig'a.

Bas ajab suvratdurur, qaysig'a jon aylay fido,

Suvrating naqshig'a yo ul naqshning naqqoshig'a.

Men ayog' ko'yida berkittim jafodin qochmayin,

Garchi boshimg'a balo yog'di munung podoshig'a.

Pardadar keldi nujumung, ey falak, yo'q pardador,

Yo'q anga ul holkim, dayri fano xuffoshig'a.

Qo'ldar erdi soqiy ul damkim Navoiy bo'lsa mast,

Lutf etib,davr ahli,oni yetkurung qo`ldoshig`a.

  • Semantik izoh: