Alisher Navoiy korpusi

565

Yor hajridin agar za'f erdi jismu jonima,

Za'fidin hajr o'ldi jismu joni sargardonima.

Za'fi to quvvat tutubtur, quvvatimda za'fdur,

Ko'r nelardur ranjdin ham jonu ham jononima.

Gar ko'zi bemordur, ammo base qonlar qilur,

Ko'zidek ul ham biaynih kirgudekdur qonima.

Xastalig'din, vahki, bo'lmishtur to'lun oyim hilol,

To qachon bo'lg'ay yangi oylig' mahi tobonima.

Nola pinhon aylaramkim, sinmag'ay ko'ngli aning,

Yo rab, etkil rahm anga yo nolai pinhonima.

Chun isitti tushti ul dam notavon jonimg'a o't,

Notavon jon hirqati o't soldi xonumonima.

Ul pariy chun za'fdin emdi kishini tonimas,

Ey Navoiy, telba bo'l, sen ham kishini tonima.

  • Semantik izoh: