
Alisher Navoiy korpusi

566
Bir qadah may ichmadim sarvi gulandomim bila,
Bir nafas evrulmadi davron mening komim bila.
Har mayekim onsiz ichtim topg'ali g'amdin amon,
Zahri g'am go'yo ezilmish erdi ul jomim bila.
Tunga yetmas kunni o'tkardim o'lub hijronida,
Kunga yetkaymenmu, vah, bu subhi yo'q shomim bila.
Qayda bo'lsin muztarib ko'nglumga orom, ey rafiq,
Tutmadim orom chun bir dam diloromim bila.
Ey sabo, ul gulga muhlik furqatim payg'omin ayt,
Balki jon naqdin anga yetkur bu payg'omim bila.
Ko'nglum ichra but g'ami, kufr ichra o'lsam yaxshiroq,
Ahli din ollinda borg'uncha bu islomim bila.
Ey Navoiy, o'lsam armon eltkimdur, ichmayin
Bir sabuhi guluzori boda oshomim bila.