Alisher Navoiy korpusi

567

Ko'ngulni xayli g'aming qildi yo'l ubur bila,

Nechukki mo'r safi yo'l yasar murur bila.

Gar uchmaq itti sening ko'yung ollida, ey hur,

Anga ne nav' ko'rungay o'kush qusur bila.

Quyosh qoshida erur zarradek base maxfiy,

Yuzung qoshida quyosh g'oyati zuhur bila.

Huzuri toat etar shayx vasf, vah, netayin,

Xayoli qo'ymasa toat aro huzur bila.

Shabobu ishqu bahoru firoqdur, ey shayx,

Bo'lurmu zuhd ila tavba bu nav' umur bila.

Yo'lida men kebi yuz xasta o'lsa, qayda g'ami,

Samandi husnki javlon berur g'urur bila.

Bo'lay rafiq junun dashtidayu hush ilakim,

Vafosiz eldin o'lubmen, base, nufur bila.

O'zungni asrama bir lahza mutribu maysiz,

Desang bu g'amkada ichra bo'lay surur bila.

Navoiy, istama nazmingda rabtu jam'iyat

Ki ko'nglung o'ldi zamondin o'kush futur bila.

  • Semantik izoh: