Alisher Navoiy korpusi

568

Biravkim, rashk elturmen kechurmakka xayol ichra,

Ne kechkay ko'ngluma, gar el bila ko'rsam visol ichra.

Bag'irda yuz balo nishi, ko'ngulda ming firoq o'ti,

Kishini solmag'il ishq ahlidin, yo rab, bu hol ichra.

Ko'ngul bir lahza el bedod etardin yuz suubatda,

Zamone yor beparvolig'idin ming malol ichra.

Tanimda kasrati paykoni to tig'ini yondurdi,

Hamul damdin erur tig'i, yuzidin infiol ichra.

Topilmas kom ila ko'nglum labingdin o'ldi andoqkim,

Skandar obi hayvondin tamannoi muhol ichra.

Tun aqshom uylakim bo'lg'ay shafaq ichra quyosh pinhon,

Kirar har shom ul gulchehra shodravoni ol ichra.

Belu og'zing xayolidin agarchi lolmen, lekin

Jadal ahli masallik o'tti umrum qiyl-u qol ichra.

Xalal yo'l berma ishrat vasfig'a tut g'animatkim,

Damo-dam dahr avzoin ko'rarmen ixtilol ichra.

Navoiy topti muhlik noladin ul za'fkim, siqqay,

Qalamda nol andoqkim, sig'ar ul dog'i nol ichra.

  • Semantik izoh: