Alisher Navoiy korpusi

569

Ne bir yoreki, vaslim sa'yig'a pomardlig' qilsa,

Ne bir rozeki, hajrim ranjida hamdardliq qilsa.

Qizig'roqdurmen ul oy ishqida, har nechakim nosih

Bu ish tarkida o'zni garm etib damsardliq qilsa.

G'ami birla aningdek juftmenkim, o'lgum ayrilsam,

Nechakim sarvi ozodim qo'lidin fardliq qilsa.

Meningdek aqlu dinin yelga bergan topmag'ay hargiz,

Sabo har nechakim sayr ichra olamgardliq qilsa.

Falak ul oynikim mendin yiroq solg'an bila o'ldum,

Tirilmak mushkil ermas emdi bozovardliq qilsa.

G'amidin topmag'ay mingdin birin, gar ishq yuz ming yil

Balo ahlig'a chohi g'amda g'amparvardliq qilsa.

Agar ko'yungda o'lturmoq topar jonig'a yuz minnat,

Agar yillar Navoiy bu havoda gardliq qilsa.

  • Semantik izoh: