
Alisher Navoiy korpusi

57
Ul pariy ko'nglum qushin sayd etti, zulfin dom etib,
Yuzi birla xoli su donasidin rom etib.
Soldi o't ko'nglumg'avu orom tutti g'ayr ila,
Shu'la yanglig' so'zlug' ko'nglumni beorom etib.
Kofirekim dinim oldi, dog'i kirdi qasr aro,
Qal'ai Xaybarg'a kirdi, g'orati islom etib.
Bazm aro men o'lsam, ul jon topsa, tong yo'qkim, manga
Tutti zahri hajr, o'zi no'shi tarab oshom etib.
Ey kabutar, chun damim o'rtar malak bolu parim,
Sendin o'lmas ishqim o'tin yorg'a payg'om etib.
Ul quyosh hajrinda, ey soqiy, shafaqgun may manga
Tut labolab, lek davri charx zarfin jom etib.
Yaxshi ot badnomlng' birla chiqarg'il o'lgucha,
Ey Navoiy, o'zni yaxshi ot bila badnom etib