Alisher Navoiy korpusi

570

Bas tiyra erdi subhidamim shomi g`amgacha,

To shomi g'amda naylagamen subhidamg'acha.

Og'zi xayoli buylaki yo'qlug' sari chekar,

Turmaq bo'lurmu kimsaga mulki adamg'acha.

El rashkidin nekim qilur ul, qilmisham qabul,

Mehru vafov-u lutfini zulmu sitamg'acha.

Ko'yini ko'rsang erdi, yo'lung qisqarur erdi,

Bir umr, eyki, po'ya ko'tarding haramg'acha.

Bot o'lg'ay, ulki vasl tilab, ming yil ursa gom,

Aylab jahonni qat' qadamdin qadamg'acha.

Bir sarv qomating kebi, bir gul yuzung kebi

Yo'q, kezsa xuldu ravzani bog'i Eramg'acha.

Bo'lmish iting safoli Navoiyg'a jomu bor

Ko'p farq ushbu zarf bila jomi Jamg'acha.

  • Semantik izoh: