
Alisher Navoiy korpusi

571
Boshimg'a shu'lai hijron tutashqandin emas ogah,
Visol avji uza boshig'a oltun toj qo'yg'an shah.
Biravkim, yuz pariy devonavor etkay anga qulluq,
Ne bilgay holin aningkim, pariy devona etmish, vah.
Balo chohi giriftori halokin, vah, qachon bilsun,
Siyosatgohida tutqunlarig'a ulki qozg'ay chah.
Ne ogah ulki, hashmatdin quyoshni zarracha ko'rmas,
Quyosh hijronidin sargashta bo'lsa zarraye nogah.
Ne voqif vasl Misri ichra manzil aylagan shohe
Gadodinkim, anga vayronai hajr o'ldi manzilgah.
Menikim qatl uchun xos etti furqat qayda mustankir,
Biravkim, qatli om etsa, emas ko'ngliga mustakrah.
Mangadur bir pari matlubu zohid hurg'a tolib,
Qachon suhbat chiqishqay, chunki menmen telba, ul ablah.
Tut, ey soqiy, fano jomiki, ishq ollinda yaksondur,
Agar fosiq, vagar zohid, vagar bo'lsun gado, gar shah,
Navoiyni ul oykim, ruhi qudsi keldi anfosi,
Desa bismil qilurmen, ne degay ul g'ayri bismillah.