Alisher Navoiy korpusi
573
Ko'nglum olg'ach ul pariy majnunu shaydo qildilo,
Aql-u hushumni junun dashtida yag'mo qildilo.
O'zgacha zulmu taaddilar bila qonim to'kar,
Turfa erdi, turfa ishlar dog'i paydo qildilo.
Hurmati taqvo tutar erdi, vale mast otlanib,
Boshima chopmoq bila olamg'a rasvo qildilo.
Ohkim chektim, ko'rub javlonini beixtiyor,
Yoshurun ishqim ulusqa oshkoro qildilo.
Bir qadah quymoq bila og'zimg'ayu xirqamg'a ham,
Xirqa mayg'a rahn o'zumni bodapaymo qildilo.
Dayr aro jomi labolabkim ichurdi, holima
Xonaqah ahli kelib bir-bir tamosho qildilo.
Bexud o'lg'ach, zulfi zunnorig'a din naqdin berib,
Ishq bozorida ko'nglum turfa savdo qildilo.
Menmen emdiyu fano dayrida bo'lmoq mayparast,
Mug'bacha ishqi ulusqa sirrim ifsho qildilo.
Gar vatan dayr ichra toptim, kimsaga yo'q hech ayb,
Dayr piridin Navoiy bu tamanno qildilo.