Alisher Navoiy korpusi

574

Munisi jon deganim ofati jon bo'ldilo,

Jonima bedodidin sheva fig'on bo'ldilo.

Dedi, ko'zung qonini vaslim ila turg'uzay,

Voyki, bag'rim dog'i hajrida qon bo'ldilo.

Gar yuzi may tobidin gul-gul erur qon yoshim,

Yuzuza tim-tim tomib, lolasiton bo'ldilo.

Ko'zu ko'ngul qonini yoshuray eldin dedim,

Har biridin yuz sari yuzda nishon bo'ldilo.

Zuhd aro har mushkilimkim bor edi, ey faqih,

Jomg'a may quyg'och-o'q, barcha ayon bo'ldilo.

Kimki zamon ahlidin aylamadi ijtinob,

Bir kun ani ham degung ahli zamon bo'ldilo.

Yaxshilar ichra vatan tutsa Navoiy, ne tong,

Kimki yomonlar bila bo'ldi, yomon bo'ldilo.

  • Semantik izoh: