
Alisher Navoiy korpusi

576
Ne may xushtur manga, ne gul kerakliktur, ne gulzore,
Kerak maydin gul ochqon yorning gulzori ruxsore
Ne may xushtur manga, ne gul kerakliktur, ne gulzore
Kerak chun ul hayotim gulshanining sarv raftore.
Junun tumorida zangoru shingarf aylama zoye'
Ki, daf' aylar ani ul la'lu xat shingarfu zangore.
Mening xud ro'zgorim tiyra bo'ldi shomi hijrondin,
Qiling subhi visoli shukrin, ey aysh ahli, siz bore.
Ne sud emdi ayog'imdin tikon chekmaklik, ey mushfiq
Ki, toshlar birla ko'ksumga qoqilmish hajr mismore.
Nihoni yuz yaram bor hajr tig'idinki, sharh etsam,
Qilur ozurda bir olam elin har birning ozore.
Aningdek mastlig' uyqusidin ochqay Navoiy ko'z,
Sabohi hashr ul ham yovar o'lsa baxti bedore.