
Alisher Navoiy korpusi

577
Necha ko'yidin chiqarg'a yo'l sari boqib turay,
Chiqsa el yoqin taloshib, men yiroqtin telmuray.
Necha ul sho'xi balo yuz ishva aylab har taraf,
Men fig'ondin boshima har dam balolar kelturay
Necha el raxshi sovurg'an gard ila ko'z yorutub,
Men yiroqtin boshima tufrog'larni sovuray.
Neki ul yuz o'tidin el ravshan aylab sham'i vasl,
Jon qushin ul o'tqa men parvona yanglig' kuyduray.
Necha bazmi aysh aro har kim bo'lub hamdam anga,
Men yutub qon kulbai hijronda har dam oh uray.
Vasli jomidin xumori hajr chun daf' o'lmadi,
O'zni o'lmastin burun mayxona sari yetkuray.
Ey Navoiy, gar manga topshursa sho'xi mayfurush
La'li may, tutqoch mayi la'lin, evaz jon topshuray.