Alisher Navoiy korpusi

578

O'lukka jon berur chun nukta aytur la'li go`yosi,

Masiho mimidin go'yo chiqar jonbaxsh anfosi.

Qadi naxli hayotimdur, magar topmish havovu su,

Dami Iso bila hayvon suyidin sarvi ra'nosi.

Tilar munglug' ko'ngul har lahza ishqing bir yangi dog'in

Gado yanglig'ki, bir eski diram bo'lg'ay tamannosi.

Erur ahbob bazmingda, meni mardud nettimkim,

Yiroqtin ham muyassar bo'lmag'ay hargiz tamoshosi.

Demang jismingda pechu ro'zgoring tiyra nevchundur,

Bu holim bor to tushmish boshimg'a zulfi savdosi.

Xumori hajr ichinda sa'b ahvolimni ul bilgay

Ki, ichkay andin ayru mayni sho'xi bodapaymosi.

Tikonlar hajr nishidin, chechaklar ashk qonidin,

Ajoyib dasht emasmu, Olloh-Olloh, ishq sahrosi,

Sarimo'e emas ogah fano oyinidin ulkim,

Jahon boru yo'qidin bir sarimo' bo'lsa parvosi.

Ko'ngul mulki aro solik ne jam'iyat topa olg'ay,

Agar har dam anga yetsa xavotir xayli yag'mosi.

Menu, mug' dayriyu jomi fano, zohidg'a man'im yo'q,

Yachib kavsar suyidin, bog'i jannat bo'lsa ma'vosi.

Navoiy za'fi g'olib erdi bu ko'y ichra ul aqshom,

Agar o'lmaydurur, ne erdi itlar sho'ru g'avg'osi.

  • Semantik izoh: