
Alisher Navoiy korpusi

579
Har necha javr qilsa noz ahli,
Tortmay naylagay niyoz ahli.
Og'zi ramziyu nutqi vaqtida
Ajzg'a qoyil o'ldi roz ahli.
Ko'yi davrida benavo ushshoq,
Tavf aro uylakim Hijoz ahli.
Buzdi husn ahli ko'nglum andoqkim,
Yog'i mulkini turktoz ahli.
Rishtai jonim uzdi mutribi bazm,
Uzsa torin nachukki soz ahli.
Menu ishqi majozi, eltur esa
Yo'l haqiqat sari majoz ahli.
Sham' yanglig' Navoiy o'rtansa,
Tong emas, buyladur gudoz ahli.