
Alisher Navoiy korpusi

58
Ichsangiz may suyidin, ishrat uyin obod etib,
Jur'aye ham quyg'asiz tufroqqa, bizni yod etib.
Soz eting avval g'amimdin nag'makim, bir asl erur
Uy imorat aylamak, xoro bila bunyod etib.
To havoiymen ul oy hajrida andoqkim, bulut
Toqqa har dam yuzlanurmen, yosh to'kub, faryod etib.
Va'dai vasl etsa ul Shirin sanam, g'am tog'ini
Qozg'amen, tirnog'larimni teshai Farhod etib.
Ul quyundurmen fano dashtidakim, bo'ldum adam,
Har ne borimni boshimdin chuyurib, ozod etib.
Har zamon ko'nglum qotig' ermas dema, ey siymbar,
Yoshurun qolmas billur ichra nihon po'lod etib.
Voqif o'lkim, dahr dehqoni sening qasdingdadur,
Ismim oning gul qilib, otin munung shamshod etib.
Mayg'a targ'ib etmaking kofidurur, ey piri dayr,
Mundin o'zga ishni naylarsen manga irshod etib.
Istama la'lin, Navoiykim, marazda emganur,
Tab'ini sihhatliq el sharbat bila mu'tod etib.