Alisher Navoiy korpusi

580

Bog'din keldi nasimu gul isin kelturmadi,

Ne tikonlarkim bu g'am ko'nglum aro sindurmadi.

La'li yodidinki yuttum dam-badam hasrat suyin,

Olloh-Olloh, qaysi qonlarkim bu g'am yutturmadi.

Shomi hajrim tiyradur andoqki, kunduz ham bo'lub,

Har nechakim ehtiyot ettim, quyosh bilgurmadi.

Hajr zulmidin dedim aylay ajalg'a dardi dil,

Oqibat jonimg'a rahm aylab, anga yetkurmadi.

Vasl aro ko'p istadi jonimki bir dam tinmayin,

Hajr to jonimni tandin olmadi, tindurmadi.

Qaysi gul bedodi bir bulbul parin sovurdikim,

Charx zulmi ham aning yafrog'larin sovurmadi.

Ey Navoiy, bevafodur xo'blar, bo'ldi xalos,

Ulki ba'zig'a ko'ngul, ba'zig'a ko'z oldurmadi.

  • Semantik izoh: