Alisher Navoiy korpusi

581

Demaki, qatlima ushshoqi notavon yaxshi

Ki, buyla javrunga bir men kebi yomon yaxshi.

Xush ulki, qatlg'a ushshoq aro yomonlardin

Ul oy meni sog'inib dedikim, falon yaxshi.

Kishiki vasl tilar, g'urbat ixtiyor etsun,

Ul orzug'a burun tarki xonumon yaxshi.

Aning visolida jonu ko'ngul emsa mahram,

Gar ul muyassar o'lur, g'ayrdin nihon yaxshi.

Qadahni tashlaki, bas tashnalabmen, ey soqiy,

Mening sumurmakima bahri bekaron yaxshi.

Ne ayb, mug'bachag'a dayr tomi uzra xirom,

Yereki qilsa quyosh jilva, osmon yaxshi.

Ajab malohat emasmu yuzungakim, ko'runur

Senga, senga chu boqarmen zamon-zamon yaxshi.

Agarchi kelmadi bemehr yor javri yomon,

Chu yaxshi boqsang, erur yori mehribon yaxshi.

Navoiyo, yomon eltur chu noladin ul gul,

Ne sud, bulbul agar aylasa fig'on yaxshi.

  • Semantik izoh: