Alisher Navoiy korpusi

582

Yana hijron o'ti jonimg'a tushti

Ki oning tobidin qonim qurushti.

Xumori hajrdin, ey soqiyi bazm,

Qadahkim, chiqqaln jonim yovushti.

Ilik ber, ko'zga surtay bushmas, ey sho'x,

Kafi poyingnikim o'ptum, ne bushti.

Mening holimg'a afg'on chekti ahbob,

Kecha ko'yungdakim itlar ulushti.

Azalda rind xushhol o'ldi maydin

Vale xilvat aro zohid tumushti.

Safar ranji ko'nguldin chiqtikim, yor

Meni ko'rgach, ravon istab ko'rushti.

Navony hajr o'ti urg'anda tug'yon,

Chu urdum bodadin su, o'lturushti.

  • Semantik izoh: