Alisher Navoiy korpusi

583

Qirqib erdi qoshin ul bodaparast xudroy,

Toza chiqmish, ne ajab, gar desam oni yangi oy.

Qirqqandin iki-uch kun o'tubon bo'lmish edi,

O'ylakim xangi pay etkaylar iki dilkash yoy.

Yopti qavvosi qazo har biriga mushkin qavs,

Otqali kirpik o'qin jon bila ko'nglum sari, voy

Koshki xattig'a yetkurmagan erdi poki

Kim, bu to'ti bo'lur ul ko'zgu bila bolkushon.

Lo'li o'lmoq tong emas, bor esa shahlarg'a havas,

Gar bu yuz ko'zgusiga ilgi bo'lur oyinasoy.

Ne ajab, bo'lsa yerim kunji qalandarxona

Kim, qalandarvash erur ul sanami beparvoy.

Ey Navoiy, yetilib qoshi aning, shukr deykim,

Husni qasrig'a ayon bo'ldi yana toqnamoy.

  • Semantik izoh: