
Alisher Navoiy korpusi

584
Muddailar betarahhum, yor beparvo, base,
Ham alar ko'p zulm etarlar, ham bu istig'no, base.
Zulfi zanjirn magar bo'lg'ay ilojim, ey hakim
Kim, dimog'imni parishon aylamish savdo, base.
Men o'lar holatdayu motam edi ahbob aro,
Buki aqshom qildi ko'yung itlari g'avg'o, base.
Turfa menmen ishq dashti ichra, yo'qsa anda bor
Vomiq-u Farhod ila Majnun kebi shaydo, base.
Men kishi ermon junun ichra, yo'q ersa ko'rguzur
Odamiliq ul pariy paykar, malaksiymo, base.
Ey sabo, ko'yida elt ko'nglumnikim, aylar emish
Bulajabvashliqlar ul oshuftai rasvo base.
Xastamen davron jafosidin, keturgil bodakim,
Nofi' ermish ul marazg'a sog'ari sahbo, base.
Boda ichkim, charx rif'at ahlini ko'p qildi past,
Pastlarni ko'mdi tufrog' ostig'a dunyo, base.
Ey Navoiy, gar desang ko'p injimay davr ahlidin,
Har ne derlar yo qilurlar, qilmag'il parvo, base.