
Alisher Navoiy korpusi

586
Olacha hoshiyaliq to'n kiyib ul rashki pari,
Ol etuk birla xirom etsa, erur kabki dari.
Barcha gar umr charog'in o'churur, xushdilmen,
G'am tunidin meni qutqarsa nasimi sahari.
Angla har qaysini ishq ahlig'a bir hajr o'qicha,
Chiqsa hajrim o'tining har sari yuz ming sharari,
Rutab la'likim erur qomati naxlig'a samar,
Ne chuchuk meva emish naxli malohat samari.
Gul ruxsoriki may suyi bila topti furug',
Suda gul aksimudur yo yuzida may asari.
Do'stlar, ko'ksi shikofini tikardin ne osig',
Uyla majruhki, yuz poradur aning jigari.
Yo'l xatarliqdur, ilik chekma tavakkuldinkim,
Yo'q bu yo'l solikinnng mundin ulug'roq hunari.
Ey xush ul rindki, to kelgayu ketgay bir dam,
Bo'lmag'ay dayri fano ichra o'zidin xabari.