Alisher Navoiy korpusi

587

Oncha ko'nglumdadurur gulshani hijron tikani

Ki nazar solmas anga g'amzai novakfikani.

Ko'zga sarrishtai tavfiq xati uldurkim,

Sudralib yerga nishon keldi itingning rasani.

Ko'z qorasin o'yubon tashlag'anim sa'b ermas,

Onchakim solsa qorasin g'ami ishqing tugani.

G'arqi may ko'nglak erur hushida yo'q mastingda,

Yo shahidingning erur qong'a bo'yalg'an kafani.

Lolazoreki to'kar jola, erur zoringning

Dam-badam tish bila pargolalar etkan badani.

Garm mehr o'lg'an ila zoli falak topma firib

Kim bu ayyoraning asru ko'p erur makru fani.

Ey Navoiy, qaddinga soldi shikast uzra shikast,

Chun sanga bo'ldi vatan zulfi shikan barshikani.

  • Semantik izoh: