Alisher Navoiy korpusi

588

Kosh bo'lsa har tugan jismimda javshan yafrog'i

Kim o'qi ko'nglumga yetkach, o'tmasa tandin dog'i.

Ishq abvobin chekar daftarlarinda ahli dard,

Buylakim, shingarfgun bo'ldi shahidning tufrog'i.

Sunbulungga bir xitoye bandadur mushki Xo'tan,

Gar dalil istar esang, bordur libosi yorg'og'i.

Go'iyo ul sho'xning ko'nglin olibtur o'zga sho'x,

Gar emas bedil, nedur eldin ko'ngul oldurmog'i.

Va'da qilding ham vafo, ham qatl, parvo qilmading,

Qil vafo va'dangg'a, yoxud burnag'i, yo so'ngrog'i.

Eyki gul fasli yigitsen, bir nigorning dog'i bor,

Kelsa ilgingdin may ichkilkim, budur ishrat chog'i.

Zulfi savdosida bilmaslar Navoiy nuktasin

Kim, junun guftoridur yoxud yilonning arbog'i.

  • Semantik izoh: