Alisher Navoiy korpusi

589

Ko'z bila ko'nglumga bo'lmish go'yiyo vasling chog'i

Kim, ko'zumning uchmog'i tez o'ldi ko'nglum solmog'i.

Dema ko'nglung mulki qay chog'din bu nav' o'lmish xarob,

To bu kishvar ahlig'a tushti firoqing bulg'og'i.

Ey ko'ngul, qilma ayog'i tufrog'i haqqin qasam

Kim, ko'zumning haqqidur aning ayog'i tufrog'i.

G'am tuni ko'nglum xaroshia gar istarsen dalil,

Iynak-iynak charx tahrikiyu anjum tirnog'i.

Qatl hangomi shahidingkim ko'tardi barmog'in,

Go'yi aning oti mundindur shahodat barmog'i.

Dahr gulzorig'a, ey ko'nglum qushi, mayl etmakim,

Anda bulbul qonidin rangin erur gul yafrog'i.

Hajr aro qo'ydum diramdek dog'lar ko'ksin yorib,

Vasl erur mumkin, Navoiyning chu ko'ptur yormog'i.

  • Semantik izoh: