Alisher Navoiy korpusi

59

Vafoni qildi ko'p ozurda ul oy, chun jafo aylab,

Adam dashtida ko'nglumni vatan qilmish, jalo aylab

Vafo andoqki qochti ul jafogardin, agar men ham

Qocha olsam, yana ishqin havas qilmay, xato aylab.

Demon davron aro yo'qtur vafo aylab vafo ko'rgan

Ki, yo'qtur ming jafo tortib, qutulg'an, bir vafo aylab

Yiqilg'an ishq aro, sihhat tama' qilma Masihodin

Ki, bu bemorlig'din kimsa qo'pqon yo'q, davo aylab.

Safoli faqr ol, jonu jahon naqdin berib, garchi

Kishi Jamshid jomin sotqin olmaydur, baho aylab.

Qutulsang bevafovashlar g'amidin, ey ko'ngul, shukr et,

Yana chekma balo, o'zni birovga oshno aylab.

Bizing afsonamizdin nukta so'rmang, ey xirad ahli,

Nedinkim, bu junun fasli tuganmas, mojaro aylab.

Manga yo'q, o'zgaga bori vafo qilg'anni gar topsam,

Boshig'a evrulay, ollida jonimni fido aylab

Ko'ngulkim, ro'zgorimni qorartib bo'ldi ovora,

Topilsa, kezduray davron aro, yuzun qora aylab.

Gadolarg'a gahe lutf et, shaho, bu shukr uchunkim, Haq

Seni lutf aylabon shoh ayladi, bizni gado aylab.

Navoiy, kimsa yo'qkim, charx zulmidin zabun ermas,

Navo jovid kimga berdi, bizni benavo aylab.

  • Semantik izoh: