
Alisher Navoiy korpusi

590
Uyqu hamsoyalarimdin ketarur hajr tuni,
Gah boshim yerga urub, gah yurakim solmoq uni.
G'am tuni tiyra dog'i anjumi raxshon demakim,
Yer yuzin tutti shararlar bila ohim tutuni.
Meni sargashta emon vodiyi hijrondaki, bor
G'ussa tufrog'iyu anduh yelining quyuni.
Rishtai jonima har yon tugun andoqdurkim,
Tori jismim aro farsuda so'ngaklar bo'g'uni.
Ishq rasvosi deb o'zni tikar egniga tiroz,
Dayr aro tushsa falak engiga xirqam yuruni.
Dahr bog'ida nechuk vasl guli butsunkim,
Hajr o'qidur yog'ini, ashk suyidur juvuni.
Gar Navoiy so'ngakiga tutashur ko'nglidin o't,
Ne ajab, ishq o'tidur ulu bu aning o'tuni.