Alisher Navoiy korpusi

591

Ul quyosh oquyda-yu men muztaribmen har sari,

Uylakim, fonusdin parvona qolg'ay tashqari.

Sadqasi bo'lmoq erur maqsud men sargashtag'a,

Oq uyi davrig'a bukim aylanurmen har sari.

Ichkari ul gul tuvurlug'ni ko'tarmaslar, netay,

Ey sabo farroshi, bir lutf aylabon ul yon dari.

Parda ketgach, men zaifi zorg'a oson erur,

Yo'llaridin chig'ning solmoq o'zumni ichkari.

Oq uy ichra har nedur, zohirdur ul yuz tobidin,

Sham' bo'lsa uyda, tashqardin bo'lur zohir bari.

Gar falak xirgohi bo'lsa peshxonang, ne asig',

Umr xayli chunki kundin-kunga kelmas ilgari.

Ey Navoiy, ul mahi xirgahnishin hifzi uchun

Ko'zanak ermaski, har sari tikilmish ko'zlari.

  • Semantik izoh: