Alisher Navoiy korpusi

592

Xasta jonim rishtasi ko'rganda hajr ozorini

Gar uzuldi, qil anga payvand zulfung torini.

Dema og'zin g'uncha, qaddin sarvkim, el ko'rmamish,

Sarvning raftorini yo g'unchaning guftorini

Gulda xolu mehrda xat yo'q, ne yanglig' o'xshatay,

Mehru gulga xol ila xatlig' iki ruxsorini.

Yog'madi hargiz chu shabnam injusi gul bargidin,

Anga tashbih etsa bo'lmas la'li gavharborini.

Ne qilurdin qasdi sunbul, ne etar jon saydi dom,

Aylamon monand alarg'a zulfining zunnorini.

Charx qasrinda quyosh uzra ko'ngul mayl aylamas

Kim, g'animat tutmish oning soyai devorini.

Sayridin paykonlaring ko'nglumda topmishdur sabot,

Ko'zga ilmasmen falakning sobitu sayyorini.

Davr sirri pardasin gar ochmamishsan, soqiyo,

Boda tutkim, dey sanga bu pardaning asrorini.

Ey Navoiy, daxl qilma, gar tilar ersang navo,

Har necha xorij navo ko'rsang sipehr advorini.

  • Semantik izoh: