
Alisher Navoiy korpusi

593
Zihi naxli qaddingdin xijil sarv bo'stoni,
Xat ichra labingdin munfail rohi rayhoni.
Tushumga yuzung kirdi ham yaxshi toli'din,
Ko'z ochtim, tulu' aylab edi subhi nuroniy.
G'aming dog'i jonimg'a labing xoli yanglig'dur
Ne bo'ldi surushsoq biz muni dog'i, sen oni.
Firoq ichra ruxsoring quyoshig'a ber jilva
Ki bas tiyra aylabtur meni shomi zulmoni.
Dema, yoshurun dog'im sening ichingda yo'qtur,
Ichim yoru ko'r ulkim, erur naqdi pinhoni.
Baqo chun emas mumkin, mudom o'zni xush tutqil
Ki qayg'urg'ali qilmas gari olami foni.
Navoiy, behisht ichra farog'at yo'lin so'rdung,
Namudoridur oning Hirining xiyoboni.