Alisher Navoiy korpusi

594

Siyosat etti soching mushk chun xato qildi

Ki, borcha jismi qorarib teriga tortildi.

Qadingg'a qullug'i ahdini nayshakar buzmish

Ki, buyla bir-biridin bandi-bandi ayrildi.

Boshinda toj zar o'ldi, ayog'i ostida nat',

Chu sham' xidmating aylarda poyasin bildi.

Magarki ko'z yumub ochquncha noz o'qin otting

Ki, bir ajab tikoni ko'nglum ichra sonchildi.

Ko'zi xadangi balo yog'dururni fahm ettim

Ki raxshi na'lidin o'tlar ko'zumga choqildi.

Qadah keturgilu dam urma dahr sirridin

Ki mubham o'ldi bu so'z har nechaki aytildi.

Jigari kabobg'a mayl etmagan esa ul mast,

Navoiyo, nega bag'ringni har taraf tildi.

  • Semantik izoh: