
Alisher Navoiy korpusi

595
Sellarkim to'kar ko'zum yoshi,
Soyining toshidur yado toshi.
Da'vo etgaymu erdi qoshing ila,
Bo'lmasa yoyning ikki boshi.
Qahrdin chinki tushti manglayig'a,
Chinning ostida nun erur qoshi.
Rangin ezmakka solmish obi hayot,
Chehrang ochqanda sun' naqqoshi.
Qarig'an chog'da ayladi rasvo
Meni, garchi kichiqdurur yoshi.
Ne rafi' o'ldi dayr toqiki, bor
Mehr anga shamsa, ko'k anga koshi.
Gar Navoiy qochar fano yo'lidin,
Ne ajab, chun yo'q anda yo'ldoshi.