
Alisher Navoiy korpusi

596
Jon mazraida bo'lsa, ne tong, dard xirmani,
Ohimdin o'ldi chunki falak yel tegirmani.
Xatting xayoli ko'nglum aro qildi yuz teshuk,
Bu nav' o'lur buzug'da qolin mo'r maskani.
Ko'nglum yorur, chu nomasini ko'zdin olmasam,
Uydekki, zeb kog'az ila topsa ravzani.
Zaxmi dog'i fatilag'a o't tushti, ey rafiq,
Dard uyining magar budurur sham'i ravshani.
Basdur yuzu qadding, gulu savsan, yana nedurur
Gulgun yilakning ustida takband savsani.
Bulbulg'a, ey gul ayla vafo toza-tozakim,
Serobu toza doim emas dahr gulshani.
G'amdin Navoiy o'lgusidur, ko'nglin asrag'il,
Chun sencha kimsa bilmadi dildorliq fani.