
Alisher Navoiy korpusi

597
Intizoridin ul oyning ko'zki soldim har sari,
Ko'z yumub ochquncha o'tti ko'z yoshim andin nari.
Yolinib ul ko'y iti birla borurmen ko'yiga,
Vahki, ul ko'y ichra bormen men keyin, it ilgari.
Dard-u g'am turmish yasovuldek ko'ngul choki aro,
Qo'ymamoqqa kelsa hushu sabr xayli ichkari.
Ko'rmasangkim o'tni su tez aylagay, bir-bir turur
Ko'nglum ichra qatra-qatra su kebi paykonlari.
Lab aro og'zing chuchuk til birla go'yo anglasam,
Shahdlig' nishi bila gul bargini teshmish ari.
Zohidu har lahza o'lmak xonaqah fikridakim,
To tirikmen chiqmag'um dayri fanodin men bari.
Ey Navoiy, dema har damkim qadahni quy to'la,
Mayni oxir quysa xud bo'lmas qadahdin tashqari.