
Alisher Navoiy korpusi

598
Ne ishq ediki, adam ayladi vujudumni,
Chu urdi soiqa, gardung'a chekti dudumni.
Ne nukta budu nabudumdin aytayinkim, ul
Nabud qildi fano o'ti birla budumni.
Agar shikof esa ko'ksum yaqo kebi, ne ajab
Ki, hajr bir-biridin uzdi toru pudumni.
Bu yo'lda sudu ziyondin takallum etmangkim,
Tugatti ishqida savdo ziyonu sudumni.
Chu ishq kufri aro belga bog'ladim zunnor,
But ollida yana ayb aylamang sujudumni.
Yuzung mushohadasi qilmish uyla mustag'raq
Ki, hajr salb qila olmas ul shuhudumni.
Navoiy o'zdin asar topmon o'lg'ali oshiq,
Ne ishq ediki, adam ayladi vujudimni.