
Alisher Navoiy korpusi

599
Tilarmen islab-islab g'abg'abingni,
Gah o'psam orazingni, gah labingni.
Erur bu bir tamanno baski topsam,
Yuzum surtarga na'li markabingni.
Yuzu zulfin ko'rarga borg'um, ey charx,
Judo qilg'il qamardin aqrabingni.
Falakdin o'tti gardi anbarolud,
Chu maydon ichra surdung ashhabingni.
Yuzi, ey charx, burqa' ochti terlab,
Bulutqa chirma oyu kavkabingni.
Qadi borinda to'bidin dema so'z,
Qil, ey zohid, biyikrak mashrabingni.
Navoiy, yor rahm etkaymu, yo Rab,
Eshitsa muncha "yo Rab-yo Rab"ingni.