Alisher Navoiy korpusi

6

Ey gulshani ruxsoring o'lub dahrg'a oro,

Ruxsor uza soching gul uza anbari soro.

Gung etti Masihoni-yu tor etti quyoshni,

Ul nutqi dilorom ila ul husni diloro.

Gesuv-u yuzung sunbuli-yu bargi gulidin,

Devona men-u shifta laylan va nahoro.

Ul yerdaki raxshing qilibon jilvai parvoz,

Uchmoqqa falak qushlarig'a anda ne yoro.

Zaxm eldin o'lub zohir-u sendin bori marham,

El unf ayon aylabu sen barcha madoro.

La'lingg'a yetib xora agarchi ushatibdur,

Chun anda yetib la'l bo'lub qadrda xoro.

Bildi chu hadisingni sahih emdi Navoiy,

Maskan chu tilar bo'lsa ne Batho, ne Buxoro

  • Semantik izoh: