Alisher Navoiy korpusi

60

Un chekarmen ishq aro, bir nargisi jod-u ko'rub,

Bag'lag'an itdekki, faryod aylagay, ohu va jodu ko'rub,

Vah, netib mashshotani ollinda ko'rgaymenki, yor

Aksidin g'ayrat qilurmen, ollida ko'zgu ko'rub.

Oraz-u xoling xayol etkach, yetishti novaking,

Qildi ul qush mayl, go'yo dona birla su ko'rub.

Chekti bosh xatting lab-u xoling qoshida, vah, ne tong,

Gar muloyim bo'lsa to'ti shakkar-u hind-u ko'rub.

Lablari xandon bo'lur, ko'rgach ko'zumda yig'lamoq,

Ko'zlarim yig'lar, labi jonbaxshida kulgu ko'rub.

Nosiho, ne nav' mayi jomini og'zimdin olay,

Kim, icharmen, mayda soqiy orazin o'tru ko'rub.

Gar Navoiy mufrit afg'on etsa, jono, qilma ayb,

Sen halok etgan ko'ngul so'gida yig'lar o'kurub.

  • Semantik izoh: