
Alisher Navoiy korpusi

600
Tushta sarv-u guldin islab birni, quchtum birini,
Aylagil, ey sarvi gulrux, bu tushum ta'birini.
Angladik o'tluq yuzi, ko'nglum ne yanglig' qildi su,
Mum arokim ko'rmamishtur shu'laning ta'sirini.
Do'stlar, daf'i jununum gar tilarsiz, bog'langiz,
Ul pariy ko'yida bu devonaning zanjirini.
Suvratingdin ojiz ersa Moniy, ermastur ajab,
Qayda naqqosh aylagay kilki qazo tasvirini.
Vasl ila qilg'il buzug' ko'nglum ilojinkim,
Qilur Shoh adl etmak bila vayronalar ta'mirini.
Ishq-u may, ey shayx, azaldin sarnavisht ermish manga,
Vah, netib xush ko'rmagaymen tengrining taqdirini.
Ey Navoiy, dersen ul oy ishqini eldin yoshur,
Oti mazkur o'lsa, naylay holatim tag'yirini.