
Alisher Navoiy korpusi

601
Ko'ksumda na'l bo'ldi xadanging nishonasi,
Ko'ksum uyi erur aning omojxonasi.
Paykonlaringki, til kebi ko'nglumdin urdi bosh,
Go'yo bir o'tdur ulki, bulardur zabonasi.
Ko'p so'z yasadi Layli-yu Majnun so'zida xalq,
Ermas nachukki husnung-u ishqim fasonasi.
Deb erdi bir bahona bila seni o'lturay,
O'lturdi, vahki, har dam aning bir bahonasi.
Mehri ruxungda mehrigiyah sabzai xating,
Go'yoki xoling o'ldi hamul sabza donasi.
Mug' dayri pirning qulimenkim, g'am etsa qasd,
Aylar xalos bir to'la jomi mug'onasi.
Ishqing Navoiy aylar ulustin nihon, valek
Fosh aylar elga zamzamai bexudonasi.