
Alisher Navoiy korpusi

602
Sahar kuyar g'ami hajringda xasta jismi xasi,
Magar o'tumni qilur tez subhning nafasi.
Ko'ngulga oncha xadanging tikildi har yondin
Ki bo'ldi xasta ko'ngul andalibining qafasi.
Ko'ngulki tolpinadur tanda, ko'yung istaydur,
Qafasda sekresa qush, uchmoq o'lg'usi havasi.
Ul oyg'a yetmasa qo'l o'tluq oh ila, ne ajab,
Chinor kuysa, bo'lurmu quyoshqa dastrasi.
Ne rind o'lsa soching kufrida yetar zunnor,
Jahon yuzidagi din ahlig'a oning marasi.
Talab yo'lidag'i ovoralarg'a mujda dengiz
Ki yo'lg'a hodiy erur do'st mahmili jarasi.
Fig'onki xastalarin ul Masih tirguzubon
Vale Navoiy dilxastani unutti base.