
Alisher Navoiy korpusi

603
Vahki, hajring o'ti jismi notavonim o'rtadi,
Notavon jismimg'a tushkan shu'la jonim o'rtadi.
Qo'zg'abon ko'nglum aloxonu alomon ayladi,
Ne aloxonu alomon, xonumonim o'rtadi.
Barqi ishqing chunki tushti, xonumonim bo'ldi kul,
Turfa o't erdiki, paydovu nihonim o'rtadi.
Dema ishqim nayladikim ro'zgoringdur qaro,
O'rtadi, ey qotili nomehribonim, o'rtadi.
La'li mahlul aylagandin o't yoqib xoshok ila,
Hajri jonim kuydurub, jismimda qonim o'rtadi.
Bo'lmasa nomu nishonim, ayb qilmangkim, firoq
Ro'zgor avroqida nom-u nishonim o'rtadi.
Shomi hajrida shafaq ko'rsang, Navoiy, bil yaqin,
Kim falakni shu'lai oh-u fig'onim o'rtadi.