Alisher Navoiy korpusi

604

Gul ne bo'lg'aykim, yuzung hajrida ko'rgaymen ani,

Solsalar kulbamg'a, xas yanglig' supurgaymen ani.

Bazmidin bo'lsa nasibim bir so'ngak, to umr bor

Islagaymen, yo'qki it yanglig' ko'murgaymen ani.

Jon chiqar holatda keldi yor-u taskin topti jon,

Emdi nomahram deb istarmen iturgaymen ani.

Ko'nglum o'tidin yorut mehring charog'in, ey sipehr,

Sarsari ohimdin ul damkim uchurgaymen ani.

Lablaring hajrinda gar xud boda huro la'lidur,

Mumkin ermasturki, og'zimg'a yeturgaymen ani.

Uyla hijrondin tilarmen bexud o'lmoq, ey rafiq

Kim, falak jomin to'la tutsang, sumurgaymen ani.

Ey Navoiy, telba ko'nglum itti, emdi istamon,

Necha tog'u dashtdin istab keturgaymen ani.

  • Semantik izoh: