
Alisher Navoiy korpusi

605
Yo'qki, yomg'urdin meni holimg'a davron yig'lag'ay,
Ko'rguzub gulgun bulut istar magar qon yig'lag'ay.
Anjum ermaskim, erur aflok ashki donasi,
Har tun ahvolimg'a baskim charxi gardon yig'lag'ay.
Chok bag'rim qonu dog'in ko'z yoshim daf' etmadi,
Lola naf'idur, nechakim abri nayson yig'lag'ay.
Ko'z qurubtur ashkdin ul oy havoyi ishqida,
Bas qilur oxir bulut chun ulcha imkon yig'lag'ay.
Parda ichra yig'lab ashkim, vahki, pinhon qolmadi,
SHam' fonus ichra eldin qayda pinhon yig'lag'ay?
Mo`tabar ermas, agar zarq ahli ko'p to'kkay sirishk,
Kim, musha'bid oz diram istab farovon yig'lag'ay.
Hajr tig'idin ne g'am har dam Navoiy yig'lasa,
Kimki bo'ldi pora-pora bag'ri, oson yig'lag'ay.