Alisher Navoiy korpusi

606

Gar bahor el topsa bo'stondin gulu rayhon isi,

Kelur ul rayhon ila guldin manga hijron isi.

Menki bir guldin jahon bog'ida bo'ye topmadim,

Naylayin, qilsa muattar dahrni bo'ston isi.

La'li hajrinda nihon ashkim so'zin ag'yor aro

Desa bo'lmaskim, kelur ul nav' so'zdin qon isi.

Qaydakim jonbaxsh la'lidin Masiho kalom

Surdi, ul yerdin kelur yuz qarndin so'ng jon isi.

Jon isi tutti jahonni, men borurmen ko'yiga

Kim tilar el jon isi, men istaram jonon isi.

Ey gado, olam eliga shayalillah demakim,

Bu chamandin kelmadi hargiz guli ehson isi.

CHun Navoiyg'a kelur hijron isi har dam, ne sud,

Gar bahor el topsa bo'stondin gulu rayhon isi.

  • Semantik izoh: