Alisher Navoiy korpusi

607

Tan qora tufrog' o'lub, oh o'ti oxir bo'lmadi,

Garchi xas kul bo'lg'ach, andin shu'la zohir bo'lmadi.

Husnunga mehr etti da'vo, zulfdin chiqqach yuzung,

Tun hijobig'a kirib majlisqa hozir bo'lmadi.

Dema ko'ksung chokini yopqilki, ko'p yoptim valek

CHoklik ko'nglak aning chokiga sotir bo'lmadi.

Orzu aylarmen o'psam, deb ko'zumni har zamon

Kim sening yuzungdin o'zga yuzga nozir bo'lmadi.

O'rtamakta furqating shogirdidur do'zax, valek

Pesha aylab kasb ustodicha mohir bo'lmadi.

Vah, ne manzildur fano ko'yikim, anda yetmayin

Kimsa ikki kavndin osudaxotir bo'lmadi.

Ey Navoiy, qayg'u yetsa charxdin, ich bodakim,

Ketmadi davron g'ami, to jomi doir bo'lmadi.

  • Semantik izoh: