Alisher Navoiy korpusi

608

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,

Ko'zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtimu chektim yo'lida intizor,

Keldi jon og'zimg'ayu ul sho'xi badxo' kelmadi.

Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,

Ro'zgorimdek ham o'lg'anda qorang'u kelmadi.

Ul pariyvash hajridinkim yig'ladim devonavor,

Kimsa bormukim, anga ko'rganda kulgu kelmadi.

Ko'zlaringdin necha su kelgay, deb o'lturmang meni

Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam

Yo'lg'akim avval qadam, ma'shuqi o'tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,

Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi.

  • Semantik izoh: