
Alisher Navoiy korpusi

609
Nozuk harir agar taningga hoyil o'lmag'ay,
Ko'rsa jamod mumkin emas moyil o'lmag'ay.
CHun toru pudi lutfda jon rishtasidurur,
Tong yo'qturur, agar taningga hoyil o'lmag'ay.
La'ling xayoli jon aro bir naqsh tuttikim,
Obi hayot ila yuvsalar, zoyil o'lmag'ay.
Osori hajr agar budururkim, ko'rar ko'ngul,
Do'zax alomati bu sifat hoyil o'lmag'ay.
Qildim kumush bilaklaridin bo'saye savol,
Mendek jahonda xomtama' soyil o'lmag'ay.
Isboti juzvi loyatajazzo qilib xirad,
Og'zing vujudi nuktasiga qoyil o'lmag'ay.
Yilliq ibodat ermish ayog'ingda sajdaye,
Boshin Navoiy olmag'usi to yil o'lmag'ay.