
Alisher Navoiy korpusi

61
O'rtanurmen, ko'ngliga andin asar bo'lg'aymu deb,
Bo'lsa ta'sir, anga holimdin xabar bo'lg'aymu deb.
Telmururmen mungrayib ul bevafog'a muttasil,
Bir ham andin dardi holimg'a nazar bo'lg'aymu deb.
O'rtanur, ey voiz, ohimning sharoridin sipehr,
Ne so'ray, do'zaxqa mundoq bir sharar bo'lg'aymu deb.
Sursa maydon ichra har chobuk, yugurmoqdur ishim
Keynicha, ul chobuki zarrinkamar bo'lg'aymu deb.
Telbalik ko'rkim, qucharmen bog' aro har sarvni,
Birisi ul sarv qaddi siymbar bo'lg'aymu deb.
Dahr bo'stoni aro so'r bog'bondin, ey rafiq,
Juz baliyat mehr naxlig'a samar bo'lg'aymu deb.
Ey Navoiy, nechakim qildim gadolig', so'rmadi,
Yo rab, ul majnuni zor darbadar bo'lg'aymu deb